Kelinga qilingan zulmning javobi

Assalomu alaykum! Agar qaynona va qaynota kelin uydagi shu-shu-shu ishlarni qilishi kerak dep buyruq bersa, kelin ishlarni bajarsa lekin nuqson bilan. Qaynona va qaynota koyisa urishsa kelinini va buni qilishing shart xammani kelini qiladi desa, seni qiyin sharoitda yashayotkanlarnikiga oborib aqlingni kirgizib qo‘yaman desa va shu asnoda taxqirlasa, zulm qilsa kelin nimalar qilishga yoki qaerga arz qilsa bo‘ladi? Yoki qiyomatda nima xaqqilari buladi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha holatda u kelin mazluma bo‘ladi. Unda u dunyo va oxiratda foydali narsalarni so‘rab qolishi kerak bo‘ladi. Ovora bo‘lib duoibad qilib yurmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar