Alimentni olmaslik
Assalomu alaykum! Bir kishi birinchi turmushidan ajragan ikki yoshli o‘g‘li bor ayolga uylandi. U kishi o‘ziga to‘q, juda xam boy emas, birovdan qarz xam emas, lekin farzandi xam yo‘q(shifokorlar farzandli bo‘lishi qiyin deyishgan). Shuning uchun bolaga Alloh uchun mexr bergan, agar Alloh boshqa farzand bermasa Alloh xoxlasa uy joyi xam shu bolaga, balog‘atga etganda xaqiqiy otasi borligini u otasini ota deyishligini, xoxlagan joyini tanlashini aytadi. Bolani tarbiya qilishga moliyaviy taminlashga bemalol qurbi etadi, shu sabab bolaga to‘lanadigan aliment pulni kelishilgan xolda olmasa xam bo‘ladimi? Bolaga xaqiqiy otasi berishi kerak bo‘lgan pulni qaytarganligi uchun gunoxkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar