Saytga savol berish odobi
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bu saytni anchadan beri kuzataman. O‘zimga ko‘p yaxshi malumotlarni topaman. Ammo berilayotgan savollar orasida juda ham maydalashib ketgan masalalar talaygina. Va tabiiyki bu masalada ham siz ustozlar hukm qilasiz va o‘qigan barchaga amali vojib bo‘ladi. Shunaqa mayda savollarni berish bilan "dinni o‘ziga qiyinlashtirib olish" degan tushincha orasida bog‘liqlik bormi? Bazi savollar borki shunchaki savol berish uchungina berilgan holos, huddiki tesha tegmagan mavzuni topaman deb bachkanalashib ketadi. Undan bir manfaat etmaydi, lekin fatvo olinadi. Yana bir toifa savol beruvchilar borki bergan savolini hukmini bajara olmaydi. Ayniqsa topib olingan va tashlab ketilgan narsalar hukmini sizdan talab qiladilar. Fatvolar barchasi egasini topib berish bilan tugagan. Lekin u insonlar o‘sha kundan boshlab egasini qidirayotganiga shubham bor. Xullas shunga o‘xshash savollarni berishni g‘uluga ketish deb atash mumkinmi yoki qiynalgan har qanday mavzusini sizga yo‘llab fatvo olgani afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Savollarning juda ko‘pi noo‘rin va takroriy, ba’zilari bizdan boshqalardan ham so‘rab biladigan darajada. Masjid imomlari ham yaxshi biladigan masalalar ham bor. Insonning asabini buzadigan savollar ham ko‘p. Ommaga ko‘rsatilmasdan o‘chirib yuboriladiganlari qancha. Ba’zi ustozlarga shu borada maslahat solganimizda “Xalqimiz dindan shunchalar uzoqlashib ketgan edi, sabr qilasizlar va savob umid qilasizlar, savol beruvchilar haqida yaxshi gumon qilib qo‘yaverasizlar. Sahobalar davriga qarang, bir ayol kelib qonim to‘xtamaydi deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi. U zot “Qon to‘xtatadigan biror narsani qo‘yib ol” dedilar. “Qanday qilib qo‘yib olay” dedi ayol, u zot “Otni kallasiga yugan soolingandek qilib ol” dedilar. Shunda ham yana savol berdi, onalarimizdan birlari o‘zlariga tortib “Buyog‘ini men o‘zim o‘rgatib qo‘yaman” degandek qildilar. Hozir ham ahvol shu, shoyad o‘zlaringiz ham izlanib ilmingiz ziyoda bo‘lsa, ularning duolari tufayli yaxshi amallaringiz ziyoda bo‘lsa va sahobalarning holatlari o‘nglanganidek kelajakda xalqimizning ham holati o‘nglansa” dedilar. Biz ham shuni umid qilib qolamiz. Savol beruvchilar muhim, zarur savollarini bersalar va unga berilgan javoblardan o‘n minglab, yuz minlab odamlar foydalansalar o‘shancha insonning foydasidan kamitmagan holatda ularga ham savob borib turadi. Shuningdek befoyda, zararli savol bersalar o‘shancha insonning duoibadidan ehtiyot bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar