Yosh bolaning oyisiga iqtidosi

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda va hayrli qilsin! Mening savolim shuki, 2 o‘g‘il va 1 qiz farzandlarimiz bor. Katta o‘g‘lim kelasi yili 10 yoshga, o‘rtancha o‘g‘lim esa 6 yoshga to‘lishadi, in sha Alloh. Namoz o‘qishni to‘liq o‘rganishmagan, adalari bilan har doim ham o‘qiy olishmaydi, ularga o‘rgatish uchun o‘zim bilan o‘qishadi, lekin bir safda turib o‘qiymiz. Katta o‘g‘lim salovot va duoni hali o‘rganib bo‘lganicha yo‘q. Safda turishimiz va shu vaziyatda iqtido qilishimiz haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar