Bor ket deya ko‘p marotaba aytilsa taloq tushadimi?

Assalomu alaykum Va rahmatullohi va barokatuhu zikr ahlidan so‘rang hayati a’zolari inson hayoti davomida ko‘p xatolar qilar ekan. Avvallari men ayolimga ayrim sabablarga ko‘ra (bor ket) deya bir necha marta aytganman xozir esa ket deyishimga sabab boshqacharoq gap shundaki 2 yil bo‘ldi Rossiyada birga ishlaydigan yigitlar nomoz o‘qiydi men ham uyalganimdan nomoz o‘qishni boshladim nos chekar edim tashladim yaqinda uyga kelib uydagilarga benamoz yurmangizlar oqibati unday bo‘ladi bunday bo‘ladi deb tushuntirdim Allohga shukur o‘g‘il qizim, Onam nomoz o‘qiydi ayolim esa (u yoqqa o‘tib allohu Akbar bu yoqqa o‘tib Allohu Akbar) faqat shu bilan bir narsa o‘zgarilarmidi dedi tishimni tishimga qo‘yib miq etmadim so‘ng yaqinda biz uchun muqaddas bo‘lgan Qur’oni Karim kitobidan olib keldim va uyda ochib ko‘rdim Fotiha surasini o‘qidim so‘ng biror kishi be taxorat ushlamasin deya teppaga qo‘ydimu chiqib ketdim shom vaqti bo‘ldi namozni o‘qidim so‘ng qiziqish bilan kitobni olib qarasam kitobni yonidan ozgina qirilgan ekan kim tegdi kitobga desam ayolim men tegdim (Alloh saqlasin) yoqib yuboraman hali dedi men esa jahlim chiqib ketdi ayolim ko‘zimga shaytondek bo‘lib ko‘rinib ketdi oz qoldiyu shunda ham taloq aytmadimu lekin yo‘qol ko‘zimdan bu uyda senga joy yo‘q rizqing uzildi men sendan rozi emasman dedim Alloh kechirsin taloq tushadimi...?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar “yo‘qol ko‘zimdan bu uyda senga joy yo‘q rizqing uzildi” degan gaplarni taloq niyatida aytgan bo‘lsangiz taloq tushadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar