Buvimning tushi

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum! ustozlar men 16 yoshdaman 5 vaqt namoz oqiman yaqinda taxajjud namoziham boshladm alhamduillah savalim shuku kecha buvijonmi gapi sal meni óylantrdi sen tushimga kirding dedi tushimda keksa bir otaxon nevarang xali yosh sal ulģayip o‘qisa ham bolaveradi dey aytpdi b gap bilan namozni to‘xtatishm kerakmi lkn menga xeskm namoz oqi dep aytmadi 1 2 órtağolarm mendan sal burinroq boshlashdi shulardan organp ixlosim keldi ozimniyam namoz oqiman degan niyatm bor edi maktab vaqtlari juma namozigam borp durar edim kyn alhamdulillah men ham ular qatoriga qoshildm allohga tavakkal qilishni xoxladm rozada yoshi ulug bobolarm bilan taroveh namozlarda ham qatnashardm xullas kunda kunga namoz oqishga ixlosim kopaydi gunoxlarmdan qórqdm endi nima qilishni bilmayapman buvimni gapidan nima qilsam bo‘ladi buvimga aytdm axr men endi namozni boshlap durp tóxtatsam gunoxga botaman dedm men namozni tóxtatolmasam kerak xar namozimdan kyn duoada bolaman shifo oyatlari duoarni tilovat qilaman gunoxi qabiralar qabir azobidan saqlanadigan duoalarni oqiman kitopdan sal koproq vaxt otraman shu duolar bilan lkn meni bu duolarga sira dangasalk qilmayman qaytganga charchagan vaqtlarm ham namozdan kyn zikr duolarlarni kanda qilmayman ixlosm kundan kunga ôrtayapdi quron tilovat qilishni ham órganyapman alhamdulillah xazrgi paytmda nima qilsam boladi menga maslahat bersayiz javop uchin oldinda rahmat !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buvijoningiz tushini e’tibori yo‘q. Chunki ba’zilarga yaxshi ishlardan man qilishga tushlar kiradi. Qiyomatga yaqin kim qanchalik ko‘p rost gapirsa tushlari ham shunchalik rost, kim qanchalik yolg‘on gapirsa tushlari ham shunchalik yolg‘on, shariatga zid bo‘lib ketadi. Siz aslo tark etmang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar