Sof iymon
Assalomu alaykum! Taqvoimni nima oshiradi nima yuksaltiradi? nima qilay ayting Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdingmi mustaqim "Istiqomad" turg‘il deganlar. Istiqomadning 10 ta shartiga roya qilishni boshladim Alhamdulillax! Lekin amalga yarasha taqvo kerakligini tushunyapman. Shuning uchun nimaqilay taqvoni qanaqa qilib oshiradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvo degani saqlanish degani. U uch turga bo‘linadi, birinchisi iymon keltirib abadiy do‘zaxda qolishdan saqlanish bo‘ladi. Ikkinchisi shariatda harom qilingan va gunoh bo‘lgan ishlardan saqlanish bo‘ladi. Buni qilganlar qabr azobi, oxiratdagi azoblardan saqlanib qoladilar. Uchinchisi shubhali narsalardan saqlanish. Bu saqlanish hisobsiz jannatga kirish va jannatda yuqori maqomlarda bo‘lishga sabab bo‘ladi. Sizga qolgan narsalar saqlanadigan narsalaringiz nimadan iborat ekanligini o‘rganish va unga amal qilishdir. Qaysi kasb egasi bo‘lsangiz albatta uni ham o‘ziga yarasha harom va shubhali taraflari bor. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya