Qarzdor hisoblanamanmi?

Assalomu alaykum! Men hozirda oliy o‘quv yurtida o‘qiyman. O‘qishga kirishdan oldin repititorga qatnaganman. O‘sha vaqtda o‘qituvchimiz to‘lov puli 1mln 600ming so‘m, agar puli oldindan yani yangi yilgacha to‘lansa 1mln 500ming qilib to‘lansa bo‘ladi deb aytgan edi. Men yangi yildan keyin pulini to‘ladim, avval 1mln 200ming 2-3 kundan keyin 300ming so‘mni bergandim. Imtihondan oldin o‘qituvchimiz yana yuz ming qarz ekanimni aytdi lekin shu kungacha qarzdorligimni aytmagandi. Mendan boshqa o‘quvchilar ham tayyorlov pulini yil oxirida 1mln 500ming qilib berganlar ham bor ekan. Lekin ulardan qolgan yuz mingni so‘ramagan. Aytingchi men o‘qituvchimdan qarzdormanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zidan so‘rang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 142 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar