Turmush qurmaslik mumkinmi
Assalomu alaykum! Agar nikoh ostonasidagi inson juftiga zulm qilib qo‘yadigan bo‘lsa, nikoh qurmasligi mumkinakan? Manda holat ham shunga yaqinroqday tuyiladi, yoshim 24da turmushka chiqishdan qo‘rqaman sababi u insonni va oilasini hizmatida bo‘la olmasligimdan, yomon felimdan (arazchi va jaxldorman bazida minnatchi ham), bilib bilmay tilim bilan ozor berib qo‘yishdan qo‘rqaman. Bir insonni baxtsiz qilib qo‘yishdan qo‘rqaman. Hozirda talabaman, lekin judayam asabiyman o‘zimdam o‘zim xafa bo‘lib yig‘lab arazlab qolaman, onami xafa qilib qo‘yaman. Bazida o‘zim ham shu felimdan charchab ketaman, qancha o‘zimni isloh qilishga harakat qilsam ham bir muddatdan keyin yana shu harakterimga tushib qolaman. Allohdan qo‘rqaman, chin muslima soliha mo‘mina qiz bo‘lishni juda ham xoxlayman, hijobdaman Qur’on ham o‘qiyman, ammo shunda ham haqiqiy soliha bo‘lolmayatkanimdan o‘zimdan xafaman. Alloh bergan umrni O‘zini rozi qiladigan darajada yashashga harakat qilaman. Bu holatda Alloh mandan norozi bo‘lib qolmaydimi? Ya’ni nikoh qurmasam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Siz Allohdan solih turmush o‘rtog‘ so‘rang. Islom dini nasoro, yahudiylarning rohiblari kabi dunyoni tark qilib, hammadan alohida bo‘lib olib, oila qurmasdan faqat ibodat qilishga targ‘ib qilmaydi. Agar insonning yaratilishidan asosiy maqsad Alloh taologa ibodat qilish bo‘lsada, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyrat va sunnatlariga muvofiq bo‘lmagan, ta’limotlariga muvofiq bo‘lmagan ibodatda yaxshilik yo‘q. Insonning ibodati u zotning ta’limotlariga muvofiq bo‘lgandagina, Alloh taoloning huzurida maqbul bo‘ladi. Islom asosiy besh rukndan ya’ni ular aqoid, ibodat, muomalot, turgan jamiyatidagi kishilar bilan bo‘ladigan munosabatlar va xulqdan iboratdir. Kim bulardan birortasiga amal qilmasa, unday insonni diniga mukammal amal qiluvchi deb aytilmaydi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ ثَلَاثَةُ رَهْطٍ إِلَى بُيُوتِ أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَسْأَلُونَ عَنْ عِبَادَةِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، فَلَمَّا أُخْبِرُوا كَأَنَّهُمْ تَقَالُّوهَا، فَقَالُوا: وَأَيْنَ نَحْنُ مِنَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، قَدْ غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ وَمَا تَأَخَّرَ، فَقَالَ أَحَدُهُمْ: أَمَّا أَنَا فَإِنِّي أُصَلِّي اللَّيْلَ أَبَدًا، وَقَالَ آخَرُ: أَنَا أَصُومُ الدَّهْرَ وَلَا أُفْطِرُ، وَقَالَ آخَرُ: أَنَا أَعْتَزِلُ النِّسَاءَ فَلَا أَتَزَوَّجُ أَبَدًا، فَجَاءَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِلَيْهِمْ، فَقَالَ: أَنْتُمُ الَّذِينَ قُلْتُمْ كَذَا وَكَذَا، أَمَا وَاللهِ إِنِّي لَأَخْشَاكُمْ ِللهِ وَأَتْقَاكُمْ لَهُ، لَكِنِّي أَصُومُ وَأُفْطِرُ، وَأُصَلِّي وَأَرْقُدُ، وَأَتَزَوَّجُ النِّسَاءَ، فَمَنْ رَغِبَ عَنْ سُنَّتِي فَلَيْسَ مِنِّي. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Uch kishilik guruh Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalarining uylariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari haqida so‘rab keldi. Bas, ularga (bu haqda) xabar berilganida xuddi u(ibodat)ni oz sanaganday bo‘ldilar. Shunda ular: «Biz qayoqda-yu, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qayoqdalar, u zotning o‘tganu qolgan gunohlari mag‘firat qilingan», dedilar. Ulardan biri: «Men abadul abad tunlarni namoz o‘qish bilan o‘tkazaman», dedi. Boshqasi esa: «Men umrbod ro‘za tutaman, og‘zim ochiq yurmayman», dedi. Yana boshqa biri: «Men ayollardan chetda bo‘laman, abadul abad uylanmayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldilariga kelib: «Shunday, shunday, deganlar sizlarmi?! Ammo Allohga qasamki, men Allohdan eng qo‘rquvchirog‘ingizman va Unga eng taqvodoringizman. Lekin ro‘za ham tutaman, og‘zim ochiq ham bo‘ladi. Namoz ham o‘qiyman, uxlayman ham, ayollarga uylanaman ham. Bas, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», dedilar».
Ikki shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Hadisi sharifda uylanish, oilali bo‘lish ibodat, taqvodorlik va Allohdan qo‘rqish ma’nolariga zid emasligi bayon etilmoqda. Uylanish Allohdan eng qo‘rquvchi banda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», deganlari imkoni bo‘la turib, nikohda bo‘lmaslik, oila qurmaslik musulmon uchun mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ayon etadi. Uylanmay, oila qurmay yurish musulmonlarga xos ish emas. Ba’zi bir dinlarda nikohli bo‘lmaslik taqvodorlik hisoblanishi ham odamlarning o‘zidan chiqqan zalolat ekanligi, bu esa ilohiy ta’limotlarga zidligi shundan bilinadi. Chunki Alloh taolo inson zotini yaratgan chog‘ida, xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol bo‘lsin, jinsiy rag‘bat bilan yaratgan. Bu rag‘bat inson uchun, uning baxt-saodati uchun, insoniyat uchun kerakli narsadir. Bo‘lmasa, Alloh taolo insonni bunday qilib yaratmas edi. Ana shu jinsiy maylni pok yo‘l bilan qondirish zarur. Bu esa shar’iy nikoh orqali amalga oshiriladi. Aksincha bo‘lsa, turli noqulayliklar, zararlar kelib chiqadi. Uylanmay, oila qurmay, jinsiy maylni qondirmay yurish inson tabiatiga zid va zararlidir. O‘zini jinsiy aloqadan olib qochgan kishilar o‘z sog‘liqlariga zarar etkazibgina qolmay, inson naslining qirqilishiga, dunyoning xarob bo‘lishiga sabab bo‘ladilar. Shuningdek, jinsiy maylini pok yo‘l bilan emas, harom yo‘l bilan qondirib yurganlar ham o‘zlari va o‘zgalar boshiga, butun insoniyat boshiga turli balo-ofatlar kelishiga sabab bo‘ladilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilib, nikohda bo‘lishga, oila qurishga harakat qilish lozim. Aks holda u zotning yo‘llaridan boshqa yo‘lda yurilgan hisoblanadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush