Riyodek tuyulyapti

Assalomu alaykum! Ustozlar men oxirgi paytlar namozni hayolim parishon bo‘lib o‘qiyabman. Hech fikrimni jamlolmayabman. Amallarim ham xuddi riyodek tuyulyapti. Hech bir halovat topmayapman. Iltimos menga nasihat qiling. Maslahat bering. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ibodatlarni mazza qilish uchun qilinmaydi. Namozni shartlari va farzlari topilayotgan bo‘lsa shuni o‘zi ham katta g‘animat. Siz riyo qilishni ham, qilmaslikni ham niyat qilmay amal qilavering. Inson ham bir idish, ko‘z, quloq, og‘iz va burundan biror nopoklik kirsa idishni yomon narsalar bilan to‘ldirib qo‘yadi. Idishingizni toza tutishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar