Uzrli holatda ta’lim

Assalomu alaykum! Uzrli holatda Qur’on oyatlaridan panoh so‘rashda o‘qiladigan suralarni o‘qisa bo‘ladimi degan savolimga fiqh.uz dan maqola linkini yuborgan edingiz. Shundan tishundimki, tonggi-tunggi zikrlarda berilgan suralarni duo maqsadida o‘qisa bo‘larkan, lekin tilovat maqsadida o‘qisa yoki yoddan aytsa bo‘lmas ekan. Lekin arab tili ustozim o‘rganish maqsadida Qur’on kitobini ushlamasdan o‘qisa bo‘ladi dedi va uzrlilar ham suralarni yoddan aytdik yoki o‘qib berdik, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzrli ayollar tilovat qilishlari mutlaqo joiz emas. Qur’onni ushlamasdan ko‘z yugurtirish va dildan o‘tkazish joiz, chunki qarash dildan o‘tkazish Qur’onni tilovat qilish hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 139 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar