Bola puli haqida
Assalomu alaykum! Biz bola uchun davlatdan pul olamiz. U pulni iloji boricha faqat bolaga ishlatishga harakat qilaman. Lekin unga olingan mahsulotlarga ovqat qilinadi. Ho‘l meva vaho kazolar o‘rtaga qoyiladi. Shu ish bolani haqqini eb qoyish bolib qolmaydimi.? Ayolimga aytsam sutim orqali bolaga boradiku men esam bo‘lar deydi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Jami’u ahkaamissig‘or” kitobida “Ota-ona bolaning moliga muhtoj bo‘lsa yosh bolaning mulkidan ehtiyoji darajasida eyishi mumkin. Agar o‘zining moli bo‘lsayu, lekin cho‘l kabi joyda pulsiz qolib bolaning molidan esa, eganining qiymatini to‘laydi” deyilgan. Shuning uchun eganinglarni haqqini bolaga to‘lab qo‘yinglar. Sizga yanada tushunarli bo‘lishi uchun bir masalani aytib beramiz. Bolani xatna qilindi, odamlar hadyalar keltirishadi va bolaning oldiga qo‘yishadi. Bu surat ikki holatdan iborat bo‘ladi. Bu bola uchun hadya deyiladi(bu narsalar bolaning shaxsiy mulkiga kirib unda hech kimni haqqi bo‘lmaydi). Yoki bola uchun ekanligi ochiq-oydin aytilmaydi. Ikkinchi holatda ikki javob bo‘ladi. Agar hadya faqat bolaga xos narsalar bo‘lsa masalan yosh bollarni kiyimi yoki yosh bolalar iste’mol qiladigan nasalar bo‘lsa bu hadya urf-odatga binoan bolaning mulki hisoblanadi. Agar hadya ota-onalar ham ishlatsa bo‘ladigan narsalardan bo‘lib, bolaga tegishli narsa bo‘lmasa masalan pul yoki uy jihozlari kabi, bunda qaraladi, agar hadya qiluvchi otaning qarindoshi yoki tanishlaridan bo‘lsa hadya otaning mulki hisoblanadi. Agar hadya qiluvchi onaning qarindoshi yoki tanishlaridan bo‘lsa onaning mulki hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib turganingizdek er-xotin, bola bular bir oilaning a’zolari bo‘lsa ham mulklari alohida bo‘lish, bir-birining mulkiga tajovuz qilishi, ruxsatisiz ishlatishi, vafot topsa kimdan meros qolishi, yosh bola bo‘lsa ruxsat bersa ham uning nasrasidan foydalanmaslik kelib chiqadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom