Uyni ijaraga qo‘yish
Assalomu alaykum! Men 1 uy ijaraga oldim. Xamma sarf xarajatlarini qildim. Yani Agent, kafolat pullari to‘ladim. Jihozlar, texnika bilan to‘ldirdim. Svet, suv, gaz, internet xammasiga kerakli pullarini to‘lab o‘chirdim. Yani biz turgan joyda bularni xech qaysisini uy egasi qilmaydi, faqat 4ta devor beriladi. Keyin u uyga qisqa muddatga ijarachi qo‘ya boshladim. Yani odamlar bir yilga uy xoxlashmaydi bazan ularga juda noqulaylik tug‘diradi. 1-2 oyga ish bilan keladigan kishilar bo‘ladi yoki yangi kelgan oilalar hali joylashib ulgurguncha 1 oyga vaqtincha uy izlashadi. Shunday kishilarga boshqa joylardan arzon narxlarga berdim, 10 oydan keyin uy egasi buni bilib qoldi va uydan bizni chiqarvordi. Shartnomamiz 1 yillik edi, eng kamida, biz talashmay xo‘p deb chiqib kettik. Qo‘shnilar ko‘p yomonlab kun berishmadi, lekin musulmon, ibodatli odamlarni qo‘ydim, qo‘shnilar kelgindilarni ko‘pam yoqtirishmasligidan axiyri bizni yomonlay yomonlay chiqarvorishdi. Uy egasiga ijara xaqqini o‘z vaqtida to‘ladik, uyni xam juda yaxshi saqladik. Savolim shuki, meni u uydan topgan foydam halolmi? Meni xizmatlarim uchun yo uyni egasini xaqqiga kirdikmi? Chunki bo‘lishi bilan qisqa muddatga odamlarga berayotganimni chiq dedi, bu 1 tomondan, 2-tomondan qisqa muddatga uy xoxlaganlar uchun juda qulay bo‘lganligidan rozi jon deb turib ketishdi. Yani men xech kimni molini tortib olib emadim, norozi qilib.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijaraga olingan uyni ijaraga berish shar’an joiz. Olgan holatingizga qo‘shimchalar kirit, qulayliklar kiritgan bo‘lsangiz va o‘zingiz olgan puldan qimmatroqqa ijaraga bersangiz ham joiz. Bir tomoni uyning egasi nega norozi bo‘lganligi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat