Zino sodir bo‘lgan uy

Assalomu alaykum! Shunday hadis eshitdim. Ichida zino qilingan uyga farishtalar kirmaydi (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Nasaiy). Yaqinda surishtirmasdan uy sotib olgandik. Keyinchalik qo‘shnilardan bilsak uyimiz zinoxona bo‘lgan ekan. Ya’ni ijaraga beriladigan uy. Ko‘pchilikdan eshitdik. Nima maslahat berasiz nima qilishimiz joiz? Uyni sotib boshqa uy olganimiz afzalmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarari yo‘q. Sizlar u uyda namoz va Qur’on o‘qib tursangizlar bo‘ldi. Allohdan uyingizga baraka, xayr so‘rab duo qilinglar. Ka’ba ham avval 360ta butlar bilan to‘ldirilgan butxona bo‘lgan. Islom kelganidan keyin tozalandi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 186 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar