Halol kolbasalar
Assalomu alaykum! Kolbasa mahsulotlarining "Halol" sifat belgisiga egalarida ham tovuq terisi qo‘shilgan deb yoziladi. Bilamizki so‘yishdan oldin har bir hayvonga deyish kerak. Lekin broylerlarni apparatda so‘yishadi. Unga umuman Bismillah deyishmaydi yoki hammasiga bir marta aytiladi. Bunda so‘yilgan go‘sht harom bo‘ladi. "Halol" belgisini qo‘yishda uning so‘yilishiga etibor beriladimi? Balki bundan habaringiz yo‘qdir. Biz ham harom luqma aralashmasin deb unday narsalar iste’mol qilmaymiz. Bir tanishim bilan shu masalada bahslashib qoldik. Qanchalik tushuntirmay menga ishonmaydi. Nafs quliga aylangan. U menga sen eyaver gunohi ularga deydi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘yilgan har bir tovuqqa alohida basmala aytish shart, bo‘lmasa u harom bo‘ladi. Aniq shariat shartlariga muvofiq so‘yilganiga ishonch hosil qilmagan go‘sht mahsulotini tanovul qilmagan afzal. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom