Amakivachchalar (ayol va erkak) o‘pishib so‘rashishi

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir dorixonaga kirsam, dorixona egasi va ishchisi amakivachchalar (erkak va ayol) yuzlaridan cho‘lpillitab o‘pishib so‘rashishdi va bu holatda men judayam noqulay vaziyatda hayron bo‘ldim. So‘rashga hijolat bo‘ldim shunday ko‘rishsa bo‘ladimi deb? Ayol besh vaqt namoz o‘qiydi, avratini berkitib yuradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amakivachchalar bir-birlariga mutlaqo nomahram. Nomahram erkak va ayollarning o‘pishib ko‘rishishlari harom.ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل له. رواه الطبراني Imom Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda:
“Bir kishi loy yoki balchiqqa belanib yotgan to‘ng‘izga teginishi, o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga elkasini tegishidan yaxshiroqdir” deyilgan.عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل له" رواه الطبراني والبيهقي Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangizga o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mix qoqilishi yaxshiroqdir” deyilgan". Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari. Vallohu a’lam!

24 Sentabr 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar