Ona-bola orasidagi qarz

Assalomu alaykum! Bir masalada echim kere, 5 yilcha aval onamdan farzandimni o‘qishi uchun 1700$ olgandim. Bir necha yildan so‘ng onam vafot etdi. Onamni so‘ngi daqiqalarigacha yonida bo‘ldim, bu burchim albatta, lekin onam pul xaqida biror nima demasdan olamdan ko‘z yumdi. Tiriklik chog‘ida 200$ bergandim, qolganiga imkoniyatim bo‘lmadi. Biz 4 qiz farzandmiz, otam tirik, otamni bu narsalardan xabari yo‘q, mening 3-opamni o‘g‘li kelib o‘sha pulni menga berasiz deb talab qilib turibdi. Shu pulni jiyanimga berishga majburmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pulda otangizni ham 4 qizni ham haqqi bor. Jiyanni hech qanday haqqi yo‘q. 1500ni 16ga bo‘lib, shundan 12 bo‘lagi qizlarga har birigi 3 bo‘lakdan. Erga 4 bo‘lak. 375 erga, qolganini 4 qizlar tengdan bo‘lib olishadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar