Yuqori tezlikda va tartibsiz holatda yurib avtohalokatga uchrash

Assalomu alaykum! Men Qo‘yliq bozori atrofida yashayman. Har kuni ishga Chilonzor metrosiga borishim kerak, shunda ba’zan damas taksi xizmatlaridan foydalanaman. Ular 7 kishini ortib (qoida bo‘yicha yo‘lovchi 6 tadan oshmasligi kerak), juda katta tezlikda va xavfli manyovrlar qilgan holda olib borishadi. Ochig‘i qo‘rqinchili juda ham. Chunki ularning bir kichkina xatosi katta avtohalokatga olib keladi (xavfli vaziyatlarga taqashlari sababli). Savolim shuki, shunday holatda haydovchi avtohalokatga uchrasa va olamdan o‘tsa (aynan qo‘pol va xavfli haydagani uchun) o‘z joniga qasd qilgan hisoblanadimi va janoza o‘qilmaydimi? O‘zi emas yo‘lovchining umriga zomin bo‘lsachi (yoki yo‘lovchi butun umrga mayib bo‘lib qolsachi: u oilani boquvchisi bo‘lishi mumkinku) axir ham keragidan ortiq odam oladi ham xavfli haydaydi. Bu savolni berishimning sababi men ularga va’z nasihat qilib qo‘ymoqchiman qo‘limdan kelganicha. Tirikchilik qiyin, pul topish kerak, lekin nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham hayotini xavfga qo‘yib topish qanday bo‘larkin? Bularni undan eshitdim, bundan eshitdim deb gapirgandan ko‘ra aniq bir manbaga asoslanib gapirsam degandim. Shunga o‘xshash savollarni qidirib ham ko‘rdim sizlarning sayt va telegram kanalingizdan. U erda avtohalokatdan o‘lish ayrim hollarda o‘z joniga qasd qilish ayrim hollarda unday emas deyilibdi xolos. Shunga aniqlik kiritib olish uchun ham yozdim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z joniga qasd qilgan hisoblanadi va u sababli o‘lganlarni xunini to‘lashi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar