Homilador ayol ziyoratgohlarga borsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men hozirda 3 oylik homiladorman. Yaqinda oilaviy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi ziyoratgohlarni ziyorat qilgani borish niyatidamiz. Savolim shuki, homilador ayol ziyoratgohlarni ziyorat qilsa bo‘ladimi? Qaynonam: " Sizga mumkin emas. Bola sochiniyoz bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan keyin bir qo‘y so‘yib sochini o‘sha ziyoratgohda olinmasa bolaga ziyon beradi"- deb aytyaptilar. Bu gaplarda qanchalik jon bor. Yoki bu ham bir irim-sirimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni savolingiz ham qaynonangizni gapi ham noo‘rin. Qabrlarni ziyorat qilishda ayollarga ham ruxsat berilgan. Borilsa ham o‘tganlarni haqqiga duolar qilib, “Allohim bizni farzandlarni ham shu olimlar kabi bo‘lishlarini nasib qilgin” deyishdan u yog‘iga o‘tishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 185 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar