Mo‘minni kofirdan ajratib turuvchi amal

Assalomu alaykum! Telegram tarmog‘ida «Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: Mo‘minni kofirdan ajratib turadigan narsa nomozdir. Kim uni tark qilsa kofir bo‘libdi» degan xadisni o‘qidim. Shu xadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih, lekin kofirlikni ham darajasi bor. Ba’zilari dindan chiqaradigan kufr bo‘lsa, ba’zilari nonko‘rlik darajasidagi kufr hisoblanadi. Bu hadisdan ulamolar ikkinchi kufrni olganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar