Kelinga zulm

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda oilaviy nizolar tez tez kuzatilvotdi. Kelinning biror aybi bo‘sayu bunda qayni opa yoki qayni singil kelinni urshib xizmatligini yaxshi qilishini etib turishi to‘g‘rimi? Ukam yoki akam ayoli taraf bo‘bketvotdi deb g‘azablanib ukasi va kelinini o‘rtasiga tushish yaxshimi. Kelin nimalarga majbur. Erga itoatidan oldin qaynona-qaynota qaynisingil qayniopani xizmatligini qilish ko‘proq kelinidan talab qilinvotdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelindan aslida eriga xizmat va uni rozi qilishi talab qilingan. Kelin qaynona va qayniopa-singillarga xizmatchi emas. Ularni xizmatini qilsa, ularga ehson qilgan bo‘ladi. Bu borada qaynona va qayniopa-singillar buyurug‘ini bajarishi emas, erining aytganlariga itoat qilishi kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 213 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar