Amakimning ayoli bilan o‘rtasidagi taloq
Assalomu alaykum! Amakim ayolini uchinchi marta taloq qildi. Ammo ayoli ketmadi. Vaqt o‘tib yarashmoqchi bo‘ldi va bir mullaga borib yo‘l topib berishini so‘radi. Mullayam uyizdan ketmagan bo‘lsa taloq tushmaydi, mayli nikohizni yangilab qo‘yaman deb o‘qib qo‘yibdi. Amakimdan dalilini so‘ragandim, Buxoriydan topdi dedi. Qidirib topdim. "Sahih Buxoriy" taloq bobida shunday deyilgan, Ibni Umar: Agar u uyidan chiqib ketsa, eridan uzil kesil ajragan bo‘ladi. Basharti chiqib ketmasa hechqisi yo‘q. Hozir hammaga shunaqa yo‘li borligini aytib yuribdi. Bu to‘g‘rimi yoki tushunmaslikmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu tushunmaslik. Agar er taloq qo‘yayotgan vaqtda shu uydan ketsang taloqsan desa ayol o‘sha uydan ketmasa taloq tushmaydi. Ketsa taloq tushadi. Siz mulla deganingiz shu masala bilan taloq tushish masalasini ajratmagan ko‘rinadi. Taloq qilib qo‘ygandan keyin ketish boshqa narsa, taloqni ketishga bog‘liq qilish bosha narsa. U nikohlab qo‘ygani bilan harom halolga aylanib qolmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush