Haloldanmi

Assalomu alaykum! Opamning bo‘yida bo‘lishi qiyin bo‘lyapti. Hayz ko‘rganida oxirgi kelayotgan kunida qo‘shilsa bola bo‘lar ekan. Lekin bunday vaziyatda qo‘shilish harom hisoblangan. Bo‘yida bo‘lsa ham u bola haromdan bo‘lgan hisoblanib, Allohning g‘azabi kelmasmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oxirgi kunida qo‘shilsa bo‘yida bo‘ladi degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. U kunda yaqinlik qilish shar’an harom hisoblanadi. Alloh taoloni g‘azablantirib farzand ko‘rilmaydi. Boshqa halol choralarini ko‘rishsin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar