Investitsia

Assalomu alaykum! Chet elda ishlab keldim. O‘zbekistonda biror bir ish qilish uchun pul to‘pladim. Kelib u bu ishlarni surishtirib yurgan paytim,akam pulimni unga berishimni so‘radi. "O‘sha ishlarni qilsang ham shu foydani olasan. Manga bersang oyiga falon so‘mdan beraman" deb aytdi. Taklif menga ma’qul bo‘ldi. Kelishuvimiz shunday edi. Men faqat akamni yurib turgan tijoratiga pul investitsiya qildim holos. Keyin 2 yoki 3 yildan keyin bergan pulimni to‘liqligicha qaytarib berish sharti bilan. Bankrot bo‘lsa ham roziman deb aytdim. Har oyi ma’lum bir summa emas ishingga qarab rozichilik bilan bersang buldi dedim. Akam albatta roziman har oyi ma’lum bir xil summa bermoqchi. Masalan 5000$ berdim. Oyiga foydasi 4000.000so‘m menga 1000.000 so‘m har oyi bersa bu riboga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siziga topadigan foydasidan berishi kerak. Foydani o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki kabi o‘zlaringiz kelishilgan holatda foizga kelishishingiz kerak. 4 milion deb mu’ayyan bir summani tayinlab olish bu sudxo‘rlikka kiradi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar