Etikofda o‘tirsam

Assalomu alaykum! Shayh hazratlarining Mo‘minning qalqoni kitobini o‘qib chiqdim. Etikofga sal tushunmadim. Ramazonning oxirgi kunligida masjidda etikof o‘tirmoqchi edim in shaa Alloh men quyosh botmasdan avval kirib niyat qilishim kerakligini o‘qidim. Niyat qilganimdan keyin kun ertayu-kech masjidda bo‘lishim kerakmi? bilganim tahorat, qazoi hojat, bavl qilish uchun masjiddan tashqariga chiqishim mumkin ekan. boshqa holatlarda chiqib bo‘lmaydimi? Etikofda qazo namozlarimni zikr tasbeh, payg‘ambarimiz siyratini shu kabi ishlar bilan shug‘ullanmoqchiman. Taroveh namozi bizda masjidimizning orqasida o‘qiladi etikof o‘tirganimda masjjiddan chiqsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha. Siz masjiddan turib iqtido qiling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar