Shu ishlarim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Man bozorda shogird bo‘lib ishlayman bizda mahsulotlarimizga oid Telegram guruhimiz bor hozirda bitta ayol internetdan ko‘rib menga narsa buyurtma qilyabdi va man yo‘l yo‘lakay olib kelyabman unga kerakli narsani o‘zimizda bo‘lmasa yonimizdagilardan olib olgan narximga olib borib beryabman deylik keyingi safar ham ulardan olmoqchi bo‘lsam bu kremdan bormi desa bizda bolmasa sheriklardan sorab manga qancha qilib berssiz deb kelishib 20.000 so‘m desa ha bor 23.000 so‘m desam bo‘ladimi va u pulni o‘zimga olsam bo‘ladimi bir tomonda foyda qilish va bir tomondan mashinadan tushadigan joyimdan biroz orqaroqda tushayabman piyoda kirib ketyabman yoki bu holatda qanday yo‘l tutish kerak 2) o‘zimizda bor narsani masalan 300so‘m bo‘lsa unga bor 400so‘m deb yonimga olsam harommi? Hali bunday qilmadim lekin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz emas. Ushbu linkdagi javoblarni o‘qing:https://savollar.islom.uz/s/180296 https://savollar.islom.uz/s/76585 . 2). Bu o‘sha mahsulot egasi bilan tuzgan kelishuvingizga bog‘liq. Agarda oylik evaziga ishlayotgan bo‘lsangiz, qanchaga sotsangiz ham barcha pulni uning egasiga berishingiz shart. Bir qismini o‘zingizga olib qolsangiz uning haqqiga xiyonat qilgan bo‘lasiz. Agar o‘sha buyumni sotish uchun dallollik qilayotgan bo‘lsangiz, mol egasi bilan tuzgan kelishuvingizga qaraladi. Agar u “shuni 300 so‘mga sot, 10 so‘mi senga” degan bo‘lsa, bu holda ham qimmatroqqa sotsangiz mol egasiga qaytarasiz. “Shuni 300 so‘mga sot, 10 so‘mi senga. Bundan qimmatroqqa sotsang, o‘sha ham senga” degan bo‘lsagina ortiqchasini o‘zingizga olib qolishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar