Opa uka o‘rtasidagi kelishmovchilik
Assalomu alaykum! O‘zim 5 vaqt namoz o‘qiyman Alxamdulillax lekin xozirda to‘g‘ri yo‘lni topolmayapman. Bundan 8 yil avval opam eri bilan ajrashishdi, bunga sabab telefonda boshqa erkak bilan suxbatlashganligi sabab bo‘ldi va 3 farzandi bilan otamni uylariga qaytdi. Oradan ancha vaqt o‘tib o‘zim xam 1-2 marta begona yigitlar bilan suxbatlashayotganini sezib qattiq gapirdim va xato ish qilayotganini tushuntirdim. Opam aloxida yashashini aytib xarxasha qila boshladi o‘zimiz o‘rtahol oila bo‘lganimiz sababli otam bilan onam majbur kiriditga 1 xonalik dom olib berishdi. Bolalari bilan ko‘chib chiqishdi, xali bir yil xam bo‘lmasdan afsus yana zino qilganini guvoxi bo‘ldik. Savolim shuki xozirda opam bilan ko‘rishmayman xam gaplashmayman xam. Ota-onam majbur farzandim deb kechirishdi, lekin man kechirolmayapman. Shu shshim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaysi biri foydali bo‘lsa o‘shani qiling. Gaplashish foydali bo‘lsa gaplashing, gaplashmaslik foyda bo‘lsa gaplashmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar