Xatmda Qur’onga qarash
Assalomu alaykum! Ramazon oyi xam yaqinlashib qoldi. Barchalaringizga muborak bo‘lsin. Tarovex namozida xatmi Qur’on qilmoqchi bo‘lgan kishi, mabodo esidan chiqib qolgan taqdirdagina ko‘z qirini tashlab olish sharti bilan yoniga Qur’on qo‘yishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://islom.uz/view/rozai-ramazon-tarovex-namozi SAVOL: Televideniyalarda taroveh namozlarida xatmi Qur’on qilinayotganini Makkai mukarramadan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi. Shunda ba’zi birovlarning Qur’onni ko‘tarib turganlarini, imomning qiroatini namozda turib, Qur’onga qarab kuzatib borishayotganini ko‘rib qolamiz. Bizdagi tarovehlarda bunday narsalar kuzatilmagan. Aytingchi, shu amalni qilish mumkinmi? JAVOB: Bu amal Imomi A’zam Abu Hanifaning nazdida namozni buzadi: Imomning qiroatini yoki o‘zining qiroatini Qur’onga qarab kuzatib borayotgan odamning namozi buziladi. Agar imomga shu holatida luqma bersa, undan luqma olgan imomning ham va unga iqtido qilayotganlarning ham namozi buziladi. Chunki, imom tashqaridan ta’lim olgan bo‘ladi. Bu mas’ala mazhabimizning eng mo‘’tabar asarlaridan bo‘lmish “al-Hidoya”ning sharhlarida, xususan, Mavlono al-Haddodning hoshiyasida batafsil izohlangan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar