Kolbasa ombori

Assalomu alaykum! Hozir Sankt-Peterburg shahrida ishlayapman. Bizning ishxonamizda mening ishim buyurtmaga qarab kolbasa yig‘ish(bu erda asosan xristianlar bolani uchun asosiy go‘sht mahsulotlari cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan) va uni do‘konlarga ketadigan mashinalarga yuklash kolbasa qatorida biz har xil ichimliklar pivo mahsulotlari, sut mahsulotlari, pechenelar tiklaymiz. Lekin ishxonada namoz o‘qish uchun hamma sharoitlar bor, ishxonamizda aksariyat ishchilar namozxon. Bir joyda o‘qidim mast qiluvchi ichimliklarni tashiganlar ham gunohkor va Allohning la’natida hisoblanadi deyilgan. Shunda bizning hukmimiz qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha o‘qiganingizdek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar