Boshqa din vakillariga pul berish

Assalomu alaykum! Bizning ishxonada turli din vakillari yashaydi. Biz ularning to‘y va marakalarida azroq pul yig‘ib beramiz. U pullarni qaysi ehtiyojiga ishlatilinishini bilmaymiz, balkim diniy marosimlari uchundir. Shu pulni berish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://savollar.islom.uz/savol/380https://savollar.islom.uz/savol/380[/url] Boshqa din vakillariga hadya berish joiz. lekin noshar’iy joylarga ishlatilishi aniq bo‘lsa, berilmaydi. Shariatimizda “1-gunohga yordam berishni niyat qilish harom amal. 2-noshar’iy ishlarga ishlatishini aytib turgan odamga yordam berish, narsa sotish bu ham harom. 3-noshar’iygina joyga ishlatilib boshqa ishlarga ishlatishni imkoni yo‘q bo‘lgan holatda ham narsa sotish harom hisoblanadi” degan qoidalar bor. Sizdan olgan narsasini nimaga ishlatishi ma’lum bo‘lmasa berishingiz joiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar