Shomdan keyin ko‘cha(axlatxona)ga chiqish

Assalomu alaykum! Xalqimizda shomdan kegin axlatxonaga chiqib bo‘lmaydi u erda jin va shaytonlar yuradi deyishadi. Aytingchi bu bid’atmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha vaqtda jinlar tarqalgan vaqt bo‘ladi. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لَا تُرْسِلُوا فَوَاشِيَكُمْ وَصِبْيَانَكُمْ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ، فَإِنَّ الشَّيَاطِينَ تَنْبَعِثُ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha jonivorlaringiz va bolalaringizni qo‘yib yubormanglar. Chunki shaytonlar quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha tarqaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim).  Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar