Nasiyaga tovar berib

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar do‘konga tovar(go‘sht, sut mahsulotlari, ho‘l meva, non va boshqa mahsulot)ni sotish uchun yaxshi holatda berib, 3-4 yoki 10-15 kun o‘tgandan keyin yomon holatda o‘sha do‘kon qaytarib berishi joizmi? Hozirgi kunda ko‘pgina do‘konlar tovar olib keladigan mijozlarga shunaqa shart qo‘yadi, shunday ishlagan do‘kondorga topgan puli halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida tarqatuvchilarning do‘kondorlar bilan qilgan shartnomalari shariatga zid. Shariatda sotib oluvchining mulkiga o‘tishi kerak bo‘lgan kelishuvni bay’ deyiladi. Sotib berish uchun qilingan kelishuvni ijara deyiladi. Ikkisining ham hukmi alohida. O‘shani aniqlab va kelishib olishlari kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar