iT ga hos ilm bilan shug‘ullanganda savob

Assalomu alaykum! Bir hadis o‘qib qoldim. Unga ko‘ra Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir». Shu hadisga binoan, misol uchun Ummat uchun kerakli inson bo‘lishni, ummatga foydamiz tegishini niyat qilib matematika yoki iT ga hos ilm bilan shug‘ullanganda ham mana shu savobdan umid qilsa bo‘ladimi? Albatta farz va sunnatlarni o‘z vaqtida bajargan holda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan siz keltirgan so‘zlar bilan hadis borligini bilmaymiz. Sunan ibn Mojada quyidagicha so‘zlar bilan kelgan. روى ابن ماجه في سننه من حديث أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: يَا أَبَا ذَرٍّ لَأَنْ تَغْدُوَ فَتَعَلَّمَ آيَةً مِنْ كِتَابِ اللَّهِ خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ تُصَلِّيَ مِائَةَ رَكْعَةٍ وَلَأَنْ تَغْدُوَ فَتَعَلَّمَ بَابًا مِنْ الْعِلْمِ عُمِلَ بِهِ أَوْ لَمْ يُعْمَلْ خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ تُصَلِّيَ أَلْفَ رَكْعَةٍRasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Abu Zar ertalab turib Allohning kitobidan bir oyatni o‘rganishing senga yuz rak’at (nafl) namoz o‘qiganingdan afzaldir. Ertalab turib ilmdan bir bob o‘rganishing unga amal qilinsa ham qilinmasa ham sen uchun ming rak’at namoz o‘qilgandan afzaldir” deganlar.
Imom Zahabiy va ibn Hajar rahmatullohi alayhimlar “Bu hadisda ikki illat bor. Bittasi o‘zi ma’lum ammo ismi va kimligi noma’lum bir odam bor, ikkinchisi zaif deb hukm berilgan odam bor. Shuning uchun bu hadis zaif” deganlar.
Albatta musulmon jamiyatining ehtiyoji tushadigan, manfaat keltiradigan har bir ilmni o‘rganishga savob beriladi. Siz zikr qilgan fanlar esa farzi kifoya bo‘lgan ilmlar bo‘lib, albatta buni siz farzi kifoyani bajarayapman deb niyat qilsangiz o‘shaning savobini olasiz. Bu hadis zaif ekan, unga amal qilish kerakmi deyilganda, farzi kifoya bo‘lgan amallarni qilishga targ‘ib oyat va sahih hadislarda etarli bo‘lib, unga targ‘ib qilingan. Siz shu sohani mustahkam o‘rganing. O‘rganib yurtingiz va diningiz manfaatlariga hissa qo‘shing. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 138 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar