Telegram bot qilish taklifi

Assalomu alaykum! Xurmatli Admin sizga bir taklifim bor edi. Hozirda telegram tarmog‘ida ko‘p birodarlarimiz ishonchli manbaga muhtoj. Telegramda namoz vaqtlari botimiz bor edi. Shu botimizni ma’muriyatiga shar’iy savollar bo‘yicha murojat qilishadi. Ya’ni, bizni tanishmasa ham ko‘r ko‘rona savol beraverishadi. Bizni o‘rnimzda ahli bid’atlar bo‘lsa, adashtirib yuborshi ham mumkin. Biz iloji boricha sizlarni saytni manzilni berib yuboramiz, ammo, ba’zi oddiy masalalar bo‘lsa, sizlar bergan javoblar asosida o‘rgatamiz. Taklifim: ushbu saytni hamma ham ishlata olmaydi, hamma ham bilmaydi. Shunga "Zikr ahlidan So‘rang" saytiga savol yuborish uchun telegram bot tashkil qilsangizlar. Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Telegramm kanalimiz bor. Saytga bir kunda savollar 355tadan 362tagacha kelibdi. Toqatimiz etgancha javob yozayapmiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 167 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar