Islomda bo‘lib, keyin boshqa dinni qabul qilgan inson

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin va olib borayotgan ishlaringizga engillik ato etsin. Savolim shundan iboratki, avval Islom dinida bo‘lib, keyin boshqa ya’ni nasroniy dinini qabul qilgan inson bilan qanday aloqada bo‘lish kerak? Bu biz uchun juda muhim masala, juda yaqin insonimiz shunday yo‘l tutganlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Xatolarimizni Alloh kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday insonni murtad deyiladi. Unga Islom dinini to‘g‘ri yo‘l bilan tushuntirib, Islomga qaytishiga pandu-nasihat qilinadi. Qaytmasa, tirigi bilan ham o‘ligi bilan ham aloqani mutloq uziladi. Chunki unday insonlar Alloh taoloning nazdida eng yomon ko‘rilgan insonlar hisoblanib, ularga doimiy Allohning la’nati yog‘ilib turadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 135 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar