Xavf va rajo
Assalomu alaykum! Ustoz oxirgi paytda gunoxlar ko‘p qilgan edim. Tavba qildim. Istig‘forda bardavom bo‘ldim. Adadini sanamadim lekin davomiy suratda aytdim. Xozir birdaniga o‘zim bilmagan tomondan rizq eshiklari ochilyapti. Xayolgayam kelmagan tomondan katta katta proektlar boshlanish arafasida. Shunga qo‘rqinch xissi paydo bo‘ldi qalbda. Alloh menga dunyo berib O‘zidan uzoqlashtirmayaptimi deb. Chunki gunox qildim tavba qildim keyin yana shunaka xolat bo‘ldi yana tavba qildim. Shunga qalbda sal Allohdan uzoklashdimmi degan xis paydo bo‘lyapti. Jamoat bilan namoz masjidda namoz o‘qiyman, ishxonada imomlik qilaman, kasbim tomondan odamlarga yordam beraman. Baribir bilganimga amal qilmasdan gunox qilganim Allohdan uzokda bo‘ldimmi degan fikr kela boshladi. Shunga bir menga nasixat bersanigiz. Allohdan qo‘rqish kuchayib, noumidlik bo‘lyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning fazli keng. Endi siz quyidagi oyatda kelgan duoni ko‘p o‘qing: ربَّنَا اغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِي أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا ...«Robbimiz! Gunohlarimiz va ishimizda haddan oshganimizni mag‘firat qilgin, qadamlarimizni sobit qilgin... (“Oli Imron” surasi 147-oyat). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar