Sovuqda taxorat
Assalomu alaykum! Men gaz liniyalari tortish bilan shug‘ullanadigan firmada ishlayman vaziyat taqozosi bilan vagonda yashaymiz cho‘lda, tog‘da, yaylovda yashaymiz bazida hammom bo‘lmaydi dalada yuvinsak shamollashdan qo‘rqamiz ayniqsa hozi sovuqda, namoz o‘qiydiganlar ham bor oramizda namozda taxorat olishda sal qiyinchiliklar bo‘lyabdi yalanglikda. Biror bino yo‘q ichida yuvinilsa shunday vaziyatlarda taxoratda qandaydir engilliklar bormi? 2. Bazida to‘liq yuvunish imkoniyati 10-15 kunda bo‘ladi shunda biz taxoratni o‘zi bilan namoz o‘qishimiz joizmi?(qorin,elka,qo‘ltiq ostlari yuvilmaydi) 3. Namoz o‘qiydigan joyimiz ham oshxonada joy tor, imom bizdan 30 sm oldinda turadi shu holdagi namoz ham joizmi? 4. Men ishlaykon firmaga 25kun ish 5kun tatil deb kelishganman ,hozir esa 31 kun to‘liq ishlayman ishni 6 dan to 7 gacha davom ettiramiz yozda bu hol 14-15 soat bo‘ladi tatil yo‘q, qachonki ish bo‘lmaganda tatil oylik esa 25 kunga hisoblab beriladi ,men bu erda javobgar shaxsman xomashyoga. bazida maxsulotlar ortib qoladi shularni sotib o‘z manfaatim yo‘lida ishlatsam gunoh qilgan bo‘lamanmi bu hol ish sifatiga aslo tasir qilmaydi ,bunaqa yashirin ishlar hamma firmalarda bor va buni boshliqlar ham biladi lekin indashmaydi chunki o‘zlari ish sharoitini bilishadi qanaqa qiyin bo‘lishini tushinishadi .axir men kelishilgandan ortiqcha ishlayapmanku. 5. Meni obektdagi boshlig‘im bazida o‘z manfaati uchun bazi narsalarni olib ketadi men javobgar narsalardan, men bunga qarshilik qilolmayman shunda men ham gunohkormanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Albatta bor. Shamollab qolish aniq bo‘lsa janobatdan poklanishni niyat qilib tayammum qilish joiz. Qolganiga namozga tahorat qilinaveradi. 2). Joiz. 3). Joiz. 4). Sizni oylikdan boshqa biror tiyin olishga haqqingiz yo‘q. U erga tegishli hamma narsa davlatni, xalqni mulki. Qaytarilishi shart. 5). U yog‘ini o‘zingiz bilasiz. Gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 234 | Halol va harom