Mayyitga qo‘g‘irchoq qo‘shib ko‘mish

Assalomu alaykum! Ayrim ayollar avlodimizdan ko‘p o‘lim bo‘layapti deb oxirgi mayyitni kafaniga lattadan ko‘g‘irchoq yasab kafanga solib yuborar ekan. Go‘yoki qolganlarni ajaldan asrab qolish uchun. Buni domlalar va erkaklar bilmas ekan. Bu xolatni mayyitga qanchalik zarari bor? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘likka hech qanday ta’siri yo‘q-ku, lekin tirikning e’tiqodiga ta’siri bor. Chunki Alloh taolo tarafidan ajalni belgilab qo‘yilgan. Inson kasal bo‘lsa davolanishga, och qolsa to‘ydirishiga buyurilgan, lekin ajal kelsa bunday tadbir qil degan biror buyruq yo‘q. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ فَإِذَا جَاء أَجَلُهُمْ لاَ يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلاَ يَسْتَقْدِمُونَ۝ 34. Har bir ummat uchun muddat bor. Bas, qachonki ularga muddatlari kelsa, biror soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etita farzand ko‘rdilar. Fotima onamizdan tashqari oltitasi u zot hayotlik vaqtlarida vafot topishdi. Agar o‘limni qaytarishni biror tadbiri bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam albatta-albatta uni ham sunnat qilib qoldirgan bo‘lar edilar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar