Harom emasmikin?

Assalomu alaykum! Shunday shiddatli zamonda bizga yo‘l ko‘satib turganingiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men o‘quv markazida qo‘shimcha dars o‘taman. O‘quvchilar darsga kelsa kelmasa dars uchun pul to‘laydilar shartnomaga asosan. To‘plangan pullardan keyin menga malum miqdorda maosh to‘lanadi. Men nima qilay kelmagan o‘quvchilar uchun qanday pul olay maslahat bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz vaqtingizni ajratganingiz uchun oylik maoshga haqli bo‘laverasiz. Shartnoma ham shunga ekan. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar