Shifo uchun jonlik

Assalomu alaykum! Men 3 yil oldin betob bo‘lib qolganim uchun ota-onam men uchun jonliq so‘yishga niyat qilishgan ekan. Bizni bir masala o‘ylantirib qo‘ydi. Agar 1 qo‘y so‘yilsa, uni qanday taqsimlanishi kerak. Ota-onamlar 3 qismga bo‘lamiz, 1 qism o‘zimiz uchun, 1 qism qo‘ni-qo‘shni qarindoshlar va yana 1 qism sal qiynalgan tanishlar uchun mo‘ljallashgan ekan. Shunday qilinsa to‘g‘ri bo‘ladimi yoki boshqacha taqsimlanishi kerakmi? Uni xonadonimizda so‘ydirganimiz afzalmi yoki qassoblar so‘yib go‘shtini olib kelishsa xam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammasini faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi. O‘zlaringizga olib qolishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar