Taqvimlardagi farq

Assalomu alaykum! O‘zbekiston Musulmonlar idorasi chiqarayotgan namoz vaqtlari to‘g‘rimi? Bizdagi taqvim vaqtlari mashhur namoz vatqlarini ko‘rsatuvchi saytlardan farq qiladi, deyarli hamma chetdagi taqvimlar, hisoblash usulini Hanafi deb o‘zgartirsa ham farq qiladi (masalan islamisfinder.org sayti bilan islom.uz sayti). O‘sha saytda fajr va isha burchaklari bilan farq qiladigan 7 xil hisoblash usuli, fiqhda farq qiladigan 2 xil hisoblash usuli keltirilgan (Hanafi va Shofeiy, Hanbaliy, Molikiy). Hozir bizdagi taqvim fajr va isha burchaklari 15 darajali, Hanafi usuldagi, AQSh, Kanada, va Buyuk Britaniya hududlari uchun mo‘ljallangan taqvim bilan bir xil.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ehtiyotini olaman desangiz, 18 darajada og‘iz yoping, 15 darajada bomdod o‘qing. Shunga ahamiyat bersangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar