Talabalikdagi qarz
Assalomu alaykum! Talabalik paytimda bir kursdoshimdan qarz olganman, vaqtida qaytara olmadim, vaqt o‘tishi bilan pulning qadri yoqoldi, qarzimni hissasi bilan qaytaray desam, u istihola qilishi turgan gap. Keyin u turmushga chiqib ham ketgan. Tanishlaridan biror foydali kitob berib yuborsam joizmi? Nima qilsam uning haqini to‘liq ado qilolaman? 2). Yana bir do‘stim bilan ham oldi-berdimiz ko‘p edi, oxirida qancha qarzligimni eslolmadim. U ham. Keyin u namoz o‘qishni o‘rganayotganda, joynamoz sovg‘a qildim hissasiga o‘tar deb, lekin unga bu o‘shalar evaziga deb aytolmadim. Qarz soqit bo‘ladimi bunda? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Olganingizchasini o‘zini qaytaring. Qadri pasayib ketganidan xijolat bo‘lsangiz, olganingizdan afzal holda qaytarsangiz shu bilan birga yoniga kitob qo‘shib bersangiz bo‘ladi. 2). Roziligini olsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat