Ayolni haqqi bormi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bilamizki er ayolini to‘shakka chaqirganda agar shar’iy uzurli bo‘lmasa ayol qarshilik qilishi kerak emas. Ayolni eriga xohishi bo‘lganda, erga taklif bildirsa, er yo‘q deyishi mumkinmi? Bu borada ayollarni haqqi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning ham haqqi bor. Fuqaholar “To‘rt kunda bir yaqinlik qilish ayolning erining ustidagi haqqi” deganlar. عن الشعبي، قال: أتت امرأة عمر فقالت: يا أمير المؤمنين، زوجي خير الناس يصوم النهار، ويقوم الليل، والله إني لأكره أن أشكوه، وهو يعمل بطاعة الله عز وجل والسلام عليكم ورحمة الله. فقال كعب بن سور ما رأيت كاليوم شكوى أشد ولا عدوى أجمل. فقال عمر: «ما تقول؟» قال: تزعم أنه ليس لها من زوجها نصيب. قال: «فإذا فهمت ذلك فاقض بينهما» قال: يا أمير المؤمنين أحل الله من النساء مثنى وثلاث ورباع فلها من كل أربعة أيام يوم يفطر، ويقيم عندها، ومن كل أربع ليال ليلة يبيت عندها أخرجه عبد الرزاق Sha’biy rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi : “Bir ayol Umar roziyallohu anhuning huzurlariga kelib, “Ey amirul mo‘minin, erim odamlarning yaxshisi. Kunduzi ro‘za tutadi, kechalari qoim bo‘ladi. Allohga qasamki men uning ustidan shikoyat qilishni xush ko‘rmayman. U Alloh azza va jallaning toatiga mahkam bel bog‘lagan. Vassalaamu alaykum va rohmatulloh” dedi. Shunda Ka’ab (Umar roziyallohu anhuning yonlarida o‘tirgan edi) “Bugungi kundagi kabi qattiq va go‘zal shikoyatni ko‘rmaganman” dedi. “Nima deyapsan” dedi Umar. Shunda Ka’ab “Bu ayol eridan nasibasi yo‘qligini da’vo qilmoqda” dedi. Umar roziyallohu anhu “Tushungan bo‘lsang o‘rtasida hukm chiqar” dedilar. “Eu amirul mo‘mini Alloh ayollardan 2-3-4tasini halol qilgan. Ayol uchun to‘rt kunda bir eri ro‘za tutmasligi va uning huzurida bo‘lishi uning haqqidir va to‘rt kechadan bir kecha eri uning yonida yotishi kerak” dedi”. Abdurrazzoq rivoyati. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar