Farzandlarimga dam solish

Assalomu alaykum! Mening bir qizim va 2 o‘g‘lim bor. Nimagaligini bilmimanu bollarim juda injiq, ko‘p yig‘lashadi. O‘zim bilganimcha dam solib turaman. Dam solganda nimalarga e’tibor berib turish kerak va qanday suralarni o‘qish kerak? Masjidga oborsam domla dam solyatib telefonnini chuqilab o‘tiribdi. 1-2 joyga obordim vaziyat shunga o‘xshash, kunglim to‘lmadi, negadir ixlosi yo‘qday. Hamalari ham bunday emas albatta.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eng afzali o‘zingiz bilgan suralarni ixlos bilan o‘qib dam solishingizdir. Albatta hech kim sizni farzandingizga siz kabi mehribon bo‘lolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarga quyidagi duolarni ham o‘qiganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ الْحَسَنَ وَالْحُسَيْنَ يَقُولُ: أُعِيذُكُمَا بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ، ثُمَّ يَقُولُ: كَانَ أَبُوكُمْ يُعَوِّذُ بِهِمَا إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحاَقَ عَلَيْهِمُ السَّلَامُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynga panoh tilab: «U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammah. Min kulli shaytonin va haammah. Va min kulli aynin laammah» der va so‘ngra: «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoq alayhimussalomga panoh tilar edi», der edilar». Abu Dovud va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Ikkingizga Allohning tugal kalimalari ila har bir shaytondan va zararkunandadan hamda gunohkor ko‘zdan panoh tilayman». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoqqa panoh tilar edi», deganlari «Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil va Ishoq alayhimussalomga xuddi mana shu duo ila panoh so‘rar edi», deganlaridir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar