Shu holatda g‘usl qilinadimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar,biz talaba bo‘lganimiz uchun o‘qishga jamoat transportida boramiz. Transport ko‘p hollarda tiqilinch bo‘lganligi uchun biror ayol kishi teginib yonimizdan o‘tsa yoki boshqa shunga o‘xshash holatlarda bizda maniy shaxvat bilan lekin etilmasdan, ya’ni kuchsiz holatda chiqib qilayapti. Ba’zan buni kiyimdagi asoratiga qarab keyin ham bilmayapmiz, lekin uning miqdori dirham kattaligiday katta emas. Shu holatda ham biz junub bo‘lib g‘usl vojib bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
«Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik.
Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q.
Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi.
Ammo maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina, g‘usl vojib bo‘ladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganida ho‘llikni ko‘rib, maniy deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 142 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar