Paygambarimiz Muhammad savning uylanishlari
Assalamu alaykum Shayh hazratlari,Uzr vaqtingizni olayotganimiz uchun.Meni anchadan beri o‘ylantirib kelayotgan mas‘ala - Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. ning Hadicha onamizdan so‘ng Oisha onamizga (ul zotning 9 yoshlarida) uylanishlik shart sharoitlari mas‘alasidir.Bu masala hozirgi zamon mantiqiy nuqtai nazaridan, va hususan G‘arblik Islom kritiklari tomonidan Payg‘ambarimizga bo‘lgan ishonchni susaytirish maqsadida ko‘pincha q‘o‘llanilmoqda.Shuning uchun sizdan iltimos, Payg‘ambarimiz S.A.V. ning 52 yoki 53 yoshlarida (adashgan bo‘lsam uzr) o‘sha vaqtda 9 yoshda bo‘lgan Oisha onamizga uylanishlik sabablarini va buni taqozo qilgan sharoitlarni tushuntirib bersangiz.Javongiz uchun oldindan tashakkur.Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh xohlasa, yaqinda «Hadis va Hayot» silsilasining «Nubuvvat xonadoni xonimlari» nomli juzi nashdan chiqadi. O‘sha kitobda bunga o‘xshash to‘hmatlarga raddiyalar bor.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari ko‘p bo‘lishining turli hikmatlari borligini avval ham aytib o‘tildi. Bu hikmatlar ikki turga bo‘linadi: umumiy hikmatlar va xususiy hikmatlar. Umumiy hikmatlar quyidagilardan iborat:1. Ta’lim-tarbiyaga oid hikmatlar.Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning ayollari soni ko‘payishi, asosan, Islom ummati ayollariga dinu diyonat va shariat ahkomlarini o‘rgatuvchi ustozlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Mahlumki, Islom ijtimoiy hayotning barcha sohasini, kattayu kichigini ilohiy qonun asosida qaytadan qurib chiqdi. Jamiyatning yarmi esa, ayollardan iborat. Umumiy tahlimni Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bersalar ham, uning ko‘pgina qirralarini ayollarga ayol kishi etkazishi kerak edi. Shu sababdan, Payg‘ambarimizning risolatini ayollarga to‘kis etkazishda onalarimiz xizmat qilganlar. Ular bu ishni sharaf bilan uddalaganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eng ko‘p hadis rivoyat qilgan shaxs Abu Hurayra roziyallohu anhu bo‘lsalar, ikkinchi o‘rinda Oyisha onamiz turadilar. Shuni eslashning o‘zi kifoya bo‘lsa kerak. Buning ustiga, Payg‘ambarimizning sunnatlari faqat gaplaridan iborat emas. U zot sollallohu alayhi vasallamning qilgan amallari va iqrorlari ham sunnatdir. Onalarimiz Payg‘ambarmiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga yashashlari davomida U zotdan ko‘rgan amal va holatlarini ham Islom ummatiga etkazganlar.2. Shariat qonunlarini joriy qilish bilan bog‘liq hikmatlar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari ko‘p bo‘lishining yana bir hikmati bahzi sharhiy hukmlarni joriy qilishda ko‘rinadi. Bunga ushbu surada o‘rganib o‘tgan oyatlarimiz yorqin misoldir. Johiliyatda keng tarqalgan «asrandi bola tutish» odatini botil qilib, uning o‘rniga islomiy hukmni joriy etish uchun Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘zlarining avvalgi asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu taloq qilgan Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoga uylanishni buyurdi. Bu nikohda hech qanday shahvoniy maqsad bo‘lmay, bosh masala johiliyat qonunini botil qilib, Islom qonunini joriy etishdir.3. Ijtimoiy hikmatlar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari ko‘p bo‘lishining umumiy hikmatlaridan yana biri ijtimoiy masalalarda ko‘rinadi. Misol uchun, U zot sollallohu alayhi vasallamning Oyisha onamizga uylanishlarini olaylik. Bunda ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash hikmati bordir. Abu Bakr roziyallohu anhuning Islomga, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qilgan fidokorliklarini taqdirlash, o‘rtadagi aloqani yanada mustahkamlash uchun u kishining qizlariga uylanganlar. Xuddi shu gapni Hazrati Umar roziyallohu anhuning qizlari Hafsa onamizga uylanishlari haqida ham aytishimiz mumkin.4. Siyosiy hikmatlar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bahzi ayollarga uylanishlarida siyosiy hikmatlar ham bor. U zotning bahzi onalarimizga uylanishlari sabab bo‘lib, bahzi qabilalar, jamoa va toifalar Islomga kirgan, musulmonlar yanada kuchayganlar.Misol uchun, Bani Mustahalaq qabilasi bilan bo‘lgan urushda Juvayriya binti al-Horis onamiz asirga tushadilar. U kishi fidya-to‘lov to‘lab, asirlikdan ozod bo‘lmoqni istab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yordam so‘raydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishi uchun fidya berib, o‘zlari uylanish niyatlari borligini aytadilar. Juvayriya onamiz rozi bo‘ladilar. Payg‘ambarmiz sollallohu alayhi vasallamning Juvayriya onamizga uylanganlarini ko‘rgan musulmonlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kuyovi bo‘lgan qavmni asirlikda ushlab turamizmi, deb barcha Bani mustahlaqlik asirlarni ozod qiladilar. Bunday olijanoblik va mardlikni ko‘rgan Bani Mustaliq qabilasi birdan Islomga kiradi.Oyisha binti Abu Bakr Siddiq roziyallohu anho; Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiz holatida uylangan birdan-bir xotinlari Oyisha onamizdir. U zot onalarimiz ichidagi eng zakovatli, yodlashga qobiliyatli, ilmlisi edilar. Ulug‘ sahobalar ham o‘zlari echa olmagan masalalarda Oyisha onamizga murojaat qilishardi. U kishining to‘qqiz yoshda kelin bo‘lishlari o‘sha vaqt uchun oddiy holat bo‘lgan. Shuning uchun ham u vaqtdagi dushmanlardan birortasi ham bu holni pyg‘ambar alayhissalomga ayb sifatida zikr qilmagan. Bugungi kungi dushmanlar buni ayb deyishayotgan bo‘lsalar, ularning aqli qisqa va farosati yo‘qlgining alomatidir. Oyisha onamiz Abu Hurayradan keyin eng ko‘p hadis rivoyat qilgan, fiqh, tib va shehr ilmida ham tengsiz zotdirlar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning Oyisha onamizga uylanishlarida, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Abu Bakr Siddiq roziyallohuning anhu Islom uchun, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun ko‘rsatgan cheksiz fidokorliklaridan minnatdorlik kayfiyati ham bor edi.-
20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 281 | Adabiyot