Yashirincha bilim olish halolmi

Assalomu alaykum! Bilim olishda o‘zi umuman xalol yoki xarom degan tushuncha bormi yoki yo‘qmi? Bizning o‘quv markazimizda pullik onlayn dars ochildi va ro‘yxatga olish boshlandi. Moddiy tomondan men va 5ta kursdoshimni qurbi etmagani uchun, o‘sha pul miqdorini 6ga bo‘lib va bittamizni o‘qitishga qaror qildik.(Avval o‘qituvchida bildirmasdan). Keyin oramizdan bittamiz bunaqa o‘qish xarom ekan dedi. O‘qituvchimizga aytishga majbur bo‘ldik va aytdik. O‘qituvchimizni javobi yo‘q bunaka qilish yaxshimas dedi. Bu ishdan qaytdik. Men bilim olishda xalol yoki xarom degan tushuncha bor deb xech eshitmagan ekanman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar