Oyoq bukilmaganda namoz

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli jamoasi, ma’lumki namoz o‘qish qoidasida joynamoz ustida turish kerak. Savolim shundayki mening onamning oyoqlari ya’ni tizza bo‘g‘imini buksala og‘riydi, shifokorlar bukishga ruxsat bermagan. Namoz o‘qishda oyoqni uzatib, o‘tirib o‘qisalar joizmi? Hozirgi kunda joynamozni erga solib stulda o‘tirib namozlarini ado etadilar, lekin oyoqlarining og‘rig‘i hisobiga peshonani joynamozga tekkazolmaydilar. Shu o‘qishlari to‘g‘rimi? Agar  noto‘g‘ri bo‘lsa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Onangiz biror kursida o‘tirib namoz o‘qishlari joiz. Faqat namozda qiyom ya’ni tik turish farz bo‘lgani uchun tik turadigan holatlarini turib o‘qishlari kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda bu haqida batafsil yozilgan. https://islom.uz/view/kursida-otirib-namoz-okish

1 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar