Kelin bo‘lib tushgan uydagi muhit

Assalomu alaykum! Men kelin bo‘lgan uyda erim ikkalamizdan boshqa hech kim namoz o‘qimaydi. Bu oila o‘qituvchilar oilasi bo‘lishiga qaramay qaynonamda din, namoz haqida umuman tushuncha yo‘q. Erim juma namozlariga chiqadi va u erdagi ma’ruzalar haqida gapirib beradi. Qo‘shiqchilik, qiziqchilik harom ekan desa, nega biz ulardan ma’naviy ozuqa olyapmizku deydi doim. Biror asos topolmaganim uchun men aniq javob aytolmayapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar ularni ishini haromga chiqarish va tanqid qilishni to‘xtatinglar. Shariatga muvofiq jihatlari bo‘lsa olqishlanglar va qo‘liga ustozimiz rahimahullohning kitoblaridan berib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar