Solix banda xakida
Ustoz Ollox taolo ota-onangizdan va bizlarni xam ota-onalarimizdan, jumlai muminlardan rozi bulsin, din yulida kilayotgan xizmatlaringizni uz fazli ila kabul aylab, barchamizga uzini Jamoli va rosullulloxni shafoatlarini xamda kiyomatda alarni ziyoratlarini nasib etsin. Murojaatim shuki, Solix banda yani Xizr A.S. xakidadir. Ma’ruzada chikdiki: "Xizr a.s vafot etganlar, lekin ularni ruxlariga Ollox taolo kuvvat bergan, shu kuvvat bilan insonlarga kurinadilar, va yordam beradilar, jumladan utgan kutblarga xam kuringanlar bu bor narsa" kabi jumlalar. Shunga kanday e’tikod kilish, kerak ularni ruxlari kiyomatgacha...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xizr alayxissalom to‘grisida gaplar nixoyatda ko‘p. Bu gaplarning ichida xakikatga yakinidan xakikatga uzoklari ko‘p. Siz aytgan narsa o‘sha gaplarning xakikatdan eng yirogidir.Ko‘pchilikning ichida Xizr alayxissalom abadiy bir zot bo‘lib, u kishi kimga ko‘rinsa, u kishining kimga nazarlari tushsa o‘sha bandaning xoxlagan narsasini yordam berar ekanlar, Xizr alayxissalomning bosh barmoklarining suyagi yo‘k ekan, falon erda pistonchiga ko‘ringan ekanlar, undok bo‘lgan ekan, bundok bo‘lgan ekan kabi gaplar nixoyatda ko‘p. Bunday gaplarning tez-tez ko‘zgalib turishi, tarkalib turishi, ko‘pchilikdan ulamolarga ushbu savolga o‘xshash savollarning berilishi xam xammaga ma’lum. Ulamolarimiz muloxaza kiladilarki, Xizr alayxissalom to‘grisidagi savollar, mish-mishlar, gap-so‘zlar odamlarda bir zumda boyib ketish, bir zumda o‘z mushkulotlarini xal kilib olish va shunga o‘xshagan xarakatsiz, tezrok maksadiga erishish kayfiyati tarkalgan paytda, rivojlangan paytda ko‘payadi. Ana shu muammolarni echish yoki maksadiga osonlik bilan erishish ishtiyokidagi kishilar Xizr alayxissalomni izlab koladilar. Xizr alayxissalom to‘grisida ulamolarimiz xam ko‘p tortishganlar. Ba’zi bir savollardagi kabi «Xizr alayxissalom bo‘lganmilar?» kabi savol juda kam uchraydi. Chunki u zotning bo‘lganlari to‘grisida xech kanday ixtilof yo‘k. Xizr alayxissalom bo‘lganlar, u kishi xakida kissa Kur’oni Karimning «Kaxf» surasida kelgan. Bu kissani mufassir ulamolarimiz «Muso alayxissalom va solix banda kissasi» deb ataydilar. Chunki Kur’onda Xizr alayxissalom «Xizr» nomi bilan atalmagan balki «solix banda» deb atagan. Ana shu kissada Muso alayxissalom bir kuni Bani Isroil ichida va’z-nasixat, ma’ruza kilib turganlarida kishilardan biri «Ey Muso, dunyoda sizdan xam bilimdonrok odam bormi?» degan savolni beradi. Shunda Muso alayxissalom javob bera olmay bir oz o‘ylanib koladilar. Mana shu xolatdan keyin Allox subxanu va taolo «Xar bir biluvchining ustidan biluvchirok bordir» degan xabarni berib, Muso alayxissalomga u kishidan ko‘ra bilimdonrok odam borligi, uni izlab topish zarurligi, topgandan keyin u kishidan ba’zi bir narsalarni o‘rganishlarini xabarini beradi. Ana shundan keyin Muso alayxissalom xizmatchi yigitlari bilan birga ozik-ovkatlarni olib yo‘lga chikadilar va Allox aytgan joyda xaligi solix bandani izlab topadilar va o‘sha erda Muso alayxissalom «Allox o‘rgatgan narsalardan menga o‘rgatgin» deb iltimos kiladilar. Solix banda «Lekin mening shartlarim kiyin, bunga sabr kilishing kerak, chidashing kerak» deydilar. Muso alayxissalom sabr kilishga va’da beradilar. Ular suvning bo‘yida turib gaplashgan bo‘ladilar, kemaga chikiladi, ketayotib solix banda kemani teshib ko‘yadi. Shunda Muso alayxissalom sabr kila olmay «Bizga yaxshilik kilgan, safarimizda yordam bergan, suvdan o‘tkazib ko‘yayotgan odamning kemasini nimaga teshasiz, nimaga unga zarar etkazasiz» degan ma’noda e’tirozli savol beradilar. Shunda solix banda «Men senga sabr kila olmaysan demagan edimmi» deydi. Muso alayxissalom uzr so‘rab, bundan keyin besabrlik kilmaslikka va’da beradilar. Kuruklikka chikib ketayotsalar bir to‘p bolachalar o‘ynashayotgan ekan. Shu bolalarning ichidan bir o‘gil bolani chakirib xaligi solix banda bir urib o‘ldirib ko‘yadi. Muso alayxissalom yana chiday olmasdan «Begunox bolani nimaga o‘ldirdingiz?» degan e’tirozli savolni beradi. Solix banda «Men senga sabr kila olmaysan demagan edimmi» deb yana aytadi. Shunda Muso alayxissalom «Endi yana bir bor uzr so‘rayman, bundan keyin shartni buzsam ayb o‘zimda bo‘ladi» degan gapni aytadilar. Ana o‘sha vokeadan keyin bir erga boradilar, u erning axolisidan taom so‘raydilar, o‘zlarining musofir ekanliklarini aytadilar. Lekin u joyning axolisi mexmon kilmaydi, taom bermaydi. Charchab-xorib, shaxarning tashkarisiga chikib o‘tirganlarida ko‘zlari bir yikilib ketay deb turgan devorga tushadi. Solix banda turib Muso alayxissalom ni xam chorlab xaligi devorni yikitib, kayta urib ko‘yadilar. Shunda Muso alayxissalom yana sabr kosalari to‘lib «Kizik odam ekansiz, xech bo‘lmasa shu devorlarini urib ko‘yganimizga xak so‘rasangiz bo‘lar edi» deydi va solix banda «Endi xadding bitdi, endi sen men bu ishlarni nima uchun kilganimni xakikatini bilgin» deb o‘tgan uch xodisaning xikmatini bayon kilib beradilar. «Birinchisi: kemani teshishga bois, o‘sha kuni podshoxning buyrugi chikkan edi. Buyrukka binoan xar bir butun kemani davlat ixtiyoriga olinishi lozim edi. Kemachining shu kemasidan boshka rizku–ro‘z topishga vositasi yo‘k edi. Shuning uchun, kemani teshib, aybdor kilindi. Toki kema o‘sha kambagal odamning mulki bo‘lib kolsin, podshoxlikka o‘tmasin, teshik bo‘lsa xam shu kemadan foydalanib bola-chakasini bokishga, oilasini tebratishga mablag topib tursin. Sirtdan karaganda zararli narsa bo‘lib ko‘rinadi, lekin aslida kemachi uchun foydali ish kilingan. Urib o‘ldirilgan bola bo‘lsa, katta bo‘lganida kofir bo‘lib, osiy bo‘lib, ota-onasiga or-nomus keltiradigan, kulfat, musibat keltiradigan bo‘lishi kerak edi. Lekin Allox taolo ularga axli solix bo‘lganlari uchun bu kelajakda bezori bo‘ladigan bolaning o‘rniga yaxshi bola berishni iroda kildi, va bu bolani kichikligidayok o‘ldirib ko‘ydi, keyin ularga yaxshi farzandlarni ato kildi. Devor xodisasiga kelinganda esa devorning ostida ikki etim bolaning xazinasi ko‘milgan edi. Ularning otasi axli solix bo‘lgan edi. Shuning xurmatidan etim bolalar voyaga etgunicha ularning xazinasiga begonalarning ko‘zi tushmasligini iroda kilgan Allox devorni buzib, kayta urib ko‘yishga amr kildi». Mana shu kissa tafsiloti bilan Kur’oni Karimda kelgan. Lekin avval aytganimizdek, Muso alayxissalomga ustoz bo‘lgan zotni Kur’oni Karim «Xizr» deb atamagan, balki «solix banda» deb atagan. Ana shu oyatlarning tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solix bandani «Xazr» deb ataladi, biz «Xizr» deb o‘rganib kolganmiz. Ana shundan Xizr alayxissalom borligi, Kur’onda «solix banda» nomi bilan esga olinganligi va saxix xadislarda «Xizr» nomi bilan tanilganliklari, mashxur bo‘lganliklari kelib chikadi. Kishilar mana shu kissadan «Xizr alayxissalom Muso alayxissalomdan keyin yashab koldi, Iyso alayxissalomni xam ko‘rdilar, undan keyin Muxammad alayxissalom davrlarida xam yashadilar va xozir xam yashamokdalar» degan gapni aytadilar va u kishining barxayotligi Kiyomat kunigacha davom etadi» deydilar. Va avvalgi aytib o‘tganimizdek, turli kissalarni, dedi-dedilarni, rivoyatlarni keltiradilar. Lekin o‘shalarga karasak xech kim «Xizr alayxissalom menga ko‘rindi, men Xizr alayxissalomman deb aytdi, menga falon narsani kildi» degan xech kanday rivoyat yo‘k. Balki rivoyatlarning ko‘plari «falonchiga ko‘ringan emish, pistonchiga undok kilgan emish, yana birovga bundok kilgan emish» degan mish-mishlardan iborat, anik xabarga asoslangan biron narsa yo‘k. Ana shuning uchun, keyinrok ba’zi bir yolgon gaplar to‘kilganligi xam bor. «Xizr alayxissalom borlar, doim bo‘ladilar, odamlarga ko‘rinib turadi» degan ulamolarimiz xam bor. Bu gapni ko‘prok axli tasavvuflar aytishadi. Lekin ochik-oydin Xizr alayxissalomning barxayot ekanliklari, Kiyomatgacha bokiy kolishlari va odamlarga ko‘rinib turishlari to‘grisida na Kur’onda, na Xadisda, na mo‘’tamad ulamolarning ilmiy baxslaridan dalil keltira olmaydilar. Agar mabodo xozirgi kundagi ba’zi bir kishilar dalil keltirishayotgan bo‘lsa xam, u dalillar noto‘gri, to‘kima, zaif xadislardan olinganligi ma’lum. Bu xakida «Almanorul munis fil xadisis saxixil val zaif» degan kitobda ochik-oydin ilmiy baxslar kelgan. Ana shu kitobda Xizr alayxissalom to‘grisida bir rivoyatni zikr kilib, uni noto‘gri ekanligi isbot kilingan. Emishki, Rasulullox s.a.v masjidda turgan ekanlar ortlaridan bir gap eshitib kolibdilar. Odamlar borib karashsa o‘sha gapirgan odam Xizr alayxissalom emishlar. Ikkinchi bir to‘kima, yolgon, xadis bo‘lmasa xam xadis deb atalgan narsada «Xizr va Ilyos alayxissalomlar xar yili uchrashib turadilar» degan gap bor. «Arafotda Jibroil, Mikoil va Xizr alayxissalom uchrashib turadi» degan to‘kima xadis bor. Bularning xammasi to‘kima ekanligi, asossiz ekanligi, mo‘ta’mad, e’tiborli xadis olimlari tomonidan fosh etilgan. Ibroxim al-Xarbiy r.a dan «Xizr alayxissalom doimo barxayot emishlar, bokiy emishlar» degan gap bor, nima deysiz bu to‘grisida» deyilganida, odamlarning ichiga bunday gapni shayton tashlagan, bu shaytonning gapidir» degan javobni berganlar. Buyuk vatandoshimiz, muxaddislarning imomi, mo‘minlarning xadis bo‘yicha amiri Imomi Buxoriydan Xizr alayxissalom va Ilyos alayxissalom xakida so‘rab, «ularning ikkovlari tirikmilar» deb savol berilgan ekan. Shunda Imomi Buxoriy xazratlari marxamat kilib: «Bu kandok bo‘lishi mumkin, bataxkik Nabiy s.a.v «La yabko a’la ra’si miati sanatin man xuval yavma a’la zoxiril arzi axadun» deganlarku degan ekanlar. Ya’ni bu bilan Imomi Buxoriyning o‘zlari va Imomi Muslim rivoyat kilgan bir xadisni Xizr alayxissalomning barxayot emasliklariga, va u kishi Kiyomatgacha bokiy kolmasliklariga dalil kilib keltirgan ekanlar. Bu xadisning ma’nosi shuki: «Yangi yuz yil kirganda, ya’ni bir asr bo‘lganda er yuzida turgan kishilardan birortasi kolmaydi» degan ekanlar. Bu saxix xadis, Paygambar s.a.v dan kelgan xadis, Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat kilgan xadis. Demak, yuz yilning ichida biror kishi kolmaydi degan bo‘lsalar, o‘sha xadis aytilganidan beri necha marta yuz yillar o‘tib ketdi, kim kolishi mumkin? Xizr alayxissalom kandok kilib kolishlari mumkin? Unda Rasuli Akram a.v ning xadislari noto‘gri bo‘lib chikadi-ku, agar u kishi koladigan bo‘lsalar, tirik bo‘ladigan bo‘lsa» degan ekanlar Imom Buxoriy. Boshka katta ulamolar xam Xizr alayxissalom ning barxayot emasliklariga, u kishini Kiyomatgacha bokiy kolishlari mumkin emasligiga «Anbiyo» surasidan dalil keltiradilar: «Sendan oldin Biz xech bir basharga abadiylikni kilganimiz yo‘k. Agar sen o‘ladigan bo‘lsang, ular abadiy kolurlarmi?» degan oyat. Mana shu oyatda xech kim abadiy kolishi mumkin emasligi ta’kidlanmokda. Modomiki, Muxammad s.a.v vafot etar ekanlar, Alloxning afzal maxluki, Alloxning afzal Paygambari, barcha paygambarlarning sarvari vafot etar ekanlar, boshkalarning kolishi mumkin emas. Axli Sunna va-jamoatning ko‘zga ko‘ringan ulamolari yana bir dalilni keltiradilar, bu dalil nixoyatda kuchli dalil xisoblanadi: Agar Xizr alayxissalom bardavom xayot bo‘lsalar, Kiyomat kunigacha bokiy kolsalar bizning Paygambar s.a.v ning xuzurlariga kelishlari kerak edi, u kishiga iymon keltirishlari kerak edi, u kishiga bay’at kilishlari kerak edi, u zoti bobarakotdan ta’lim olishlari kerak edi va birga xarakat kilishlari lozim edi. Bu ishlarning kilinmaganligining o‘z Xizr alayxissalom ning barxayot emasliklariga dalildir. Xizr alayxissalomning barxayot emasliklariga dalillardan yana biri – Badr urushi kuni Paygambar s.a.v Allox taologa iltijo kilib, tazarru kilib kilgan duolarida «Alloxumma in taxlik xazixil asabatu la tu’badiful arzi» deganlar. «Ey Alloxim, agar mana shu to‘p odamlar xalokatga uchrasa, Senga er yuzida ibodat kilinmas», deganlar. Ya’ni o‘zlari bilan dushmanga karshi jang kilishga xozirlanib turgan 313 kishini ko‘rsatib turib, Alloxi taoloning paygambari yukoridagi gaplarni aytganlar. Ana o‘sha 313 kishilik Badr urushining katnashchilari ismlari, otalarining ismlari, kabilalarining ismlari bilan siyrat kitoblarimizda birma-bir eslab o‘tilganlar, yozilganlar. Ana o‘shalarning ichida Xizr alayxissalom yo‘klar. U kishi tashkarida tursalar, Nabiy bo‘lsalar, solix banda bo‘lsalar, Alloxga ibodat kilib tursalar, Paygambarimiz va 313 kishilik gurux xalokatga uchrasalar, «Er yuzida Alloxga ibodat kiladigan kolmaydi» deyishlari mumkin emas edi. Bas, mana shu narsalarni o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Xizr alayxissalom bashar bo‘lsalar abadiy barxayot bo‘lishlari mumkin emas. Ulamolarimiz deyishadi: «Agar u kishi abadiy barxayot deydigan bo‘lsak, Kur’oni Karimning oyatlarini inkor kilgan bo‘lamiz. Chunki Kur’onda Allox taolo: «Biz sendan oldin basharga abadiylikni kilganimiz yo‘k. Agar sen vafot etsang, o‘lsang ular abadiy kolurlarmi?» deb turibdi. Allox taolo boshka bir oyatda «Xar bir jon o‘lim sharobini totguvchi» deyapti, ana shu oyatlarga xilof bo‘lib koladi. Agar «Xizr alayxissalom barxayotlar, Kiyomatgacha bokiylar» deydigan bo‘lsak yukorida zikr kilingan xadisi shariflarga xilof bo‘lib koladi» deydi ulamolarimiz. Agar avvalda aytganimizdek, Xizr alayxissalom doimiy tirik bo‘lsalar Paygambar s.a.v xuzurlariga kelib bay’at kilishlari, imon keltirishlari lozim edi. Mana shu lozimlikni Paygambar s.a.v o‘zlarining boshka bir xadislarida bayon kilganlar. Bu xadisni Imom Axmad ibn Xanbal r.a, ulug saxobiy Jobir ibn Abdullox r.a rivoyat kilganlar: «Paygambar s.a.v : Alloxga kasamki, agar Muso xozir tirik bo‘lsa menga ergashishdan boshka narsa kilishi mumkin emas» dedilar. Ulamolarimiz aytadilarki, tasavvur kilaylik, Xizr alayxissalom paygambar ekanlar, lekin paygambar bo‘lganlarida xam Muso alayxissalom dan afzal bo‘lishlari mumkin emas. Muso alayxissalomki Rasulullox alayxissalom ga ergashishlari lozimki, xadisga binoan, Xizr alayxissalom ning kelib ergashishlari lozim va lobud bo‘lgan. Mana bu narsani yaxshi o‘rganishimiz kerak. Agar Xizr alayxissalom valiy bo‘lsalar unda xam kelishlari kerak edi. Chunki Abu Bakrdek ulug valiy insonlar Rasululloxga ergashganlar, u kishiga ummat bo‘lganlar. Mana shu ma’nolarni aytib ulamolar, muxaddislar, fukaxolarning ko‘plari «Xizr alayxissalom barxayot» degan gaplar zaif ekanligi, ularni rivojlantirishning foydasi yo‘k ekanligini aytadilar. «Xizr alayxissalom nabiy bo‘lganmilar, valiy bo‘lganmilar» degan savolga ixtilofli bo‘lganligi uchun ikki xil javob berilgan: ba’zilari valiy desalar, boshkalari nabiy deganlar. Lekin «nabiy» deganlarning gaplari kuchli bo‘ladi, chunki o‘sha Xizr alayxissalom kissasida kelgan oyatlarda, Xizr alayxissalom tilidan, surai «Kaxf»da : «Men buni o‘zimcha kilganim yo‘k» deyilgan gap bor. Demak, o‘zicha kilmagan bo‘lsa Allox taolodan vaxiy kelgan bo‘ladi, ana o‘sha vaxiyga ergashib kilgan bo‘ladilar, vaxiy kelgan odam esa, albatta, nabiy bo‘ladi. Bas, shundok ekan bu narsalarni yaxshi tushunib etishimiz kerak. Shundagina Xizr alayxissalom to‘grisida ulamolarimizning ixtilof kilganlari va xar tarafning dalillarini o‘rganib, ana shunga karab keyin xulosani chikarib olamiz.
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda